Xoinlik va isoning hibsga olinishi

Xoinlik va isoning hibsga olinishi

Luqo bayon etgan Xushxabar, 22-bob, 47-54-oyatlar

Bog‘ atrofida bir talay odam to‘plandi. Odamlar qo‘llarida mashalalar bilan qorong‘u tunni yoritishga harakat qilar edilar. Ular xuddi biron bir qaroqchi yoki qotilni qo‘lga olishga kelgandek, qilich-u nayzalar bilan qurollangan edilar. To‘daning aksari bosh ruhoniylar va farziylarning xizmatkorlari bo‘lib, ularga Isoning shogirdlaridan biri

– Kimni qidiryapsizlar? – so‘radi Iso.

– Nosiralik Isoni, – deb javob berdi ulardan biri.

– O‘sha Menman, – dedi Iso.

Yahudo olomon bilan til biriktirib, shunday degandi:

– Yanglishib boshqa odamni qo‘lga olmasligingiz uchun, sizlarga belgi sifatida Isoga yaqinlashib, Uni o‘paman. O‘shandan kimni hibsga olish kerakligini bilib olasizlar.

Yahudo Isoni o‘pmoqchi bo‘lib, Unga yaqinlashganda, Iso uning o‘ziga eshittirib:

– Do‘stim, Menga o‘pich bilan xiyonat qilyapsanmi?! – dedi.

Bu so‘zlar Yahudoning yuragiga xanjardek botdi, biroq u baribir Rabbimizni o‘pdi. Shunda bosh ruhoniylarning xizmatkorlari yopirilib Isoni hibsga oldilar.

– Nega endi sizlar Meni bu yerda, tun qorong‘usida qo‘lga olish uchun keldingiz. Axir sizlar bilan har kuni Ma’badda birga edim, Menga qo‘l tekkizmadingizlar? – so‘radi Iso. Shunday deya O‘zini bog‘lashlariga yo‘l qo‘yib berdi, hech qanday qarshilik ko‘rsatmadi.

Shogirdlar Ustozlari olib ketilayotganini ko‘rgach, qo‘rquvdan har yoqqa qochib ketdilar. Iso g‘animlari qurshovida Quddusga keltirildi. Bu yerda esa Uni o‘lim kutmoqda edi.

Suhbat uchun savollar

3 savol
  1. O‘sha kecha Isodan va shogirdlaridan tashqari Getsemaniya bog‘iga yana kim keldi?

  2. Yahudo Isoning oldiga yaqinlashib nima qildi?

  3. Hibsga olayotganlarida Iso nima uchun qarshilik ko‘rsatmadi?

84. Xoinlik va isoning hibsga olinishi00:00 / 02:29