
Iso hokim pilat huzurida
Luqo bayon qilgan xushxabar, 23-bob, 1-25-oyatlar
Ertasi kuni ertalab askarlar Isoni Rim imperatorining vakili bo‘lgan hokim Pilat huzuriga olib kelishdi. Isoni qatl etish yoki ozod qilish uning vakolatiga kirar edi. Uning saroyi oldida allaqachon katta olomon yig‘ilgan edi. Pilat odamlarga baland ovoz bilan e’lon qildi:
– Men Unda o‘limga loyiq hech qanday ayb ko‘rmayapman. Shunday ekan, Uni bir kaltaklatib, ozod qilaman!
– Yo‘q, yo‘q! Uni xochga mixlab qo‘y! – deb hayqirdi olomon.
Pilat nima ham qila olardi? Bu odamlar uni Isoni qatl qilishga majbur qilayotgandilar. Ammo Pilat Uning aybsizligiga ishonar edi. Shu payt uning miyasiga bir fikr keldi: “Yahudiylarning Fisih bayramida bittadan mahbusni ozod qiladigan odat bor. Agar ularga Barabbas bilan Isodan birini tanlashni taklif etsam, ehtimol ular Isoni tanlashar».
Shu o‘ylar bilan Pilat xalqqa:
Kimni ozod qilishimni istaysizlar: Barabbasnimi yoki Isonimi? – deb
baqirdi.
– Barabbasni, Barabbasni! – deb javob berdi ular.
Baqir-chaqirlar saroyning ichki hovlisigacha yetib bordi, u yerda esa rimlik askarlar Isoni mazax qilish bilan vaqtchog‘lik qilishardi. Isoni qattiq kaltaklab bo‘lishgach, askarlar
Uni haqorat qila boshladilar. Ular Isoga shohona alvon to‘n kiydirdilar, tikanlardan toj o‘rib, Uning boshiga qo‘ndirdilarda, Uni masharalab
baland ovozda dedilar:
– Yashavor, ey yahudiylarning Shohi!
Isoni qamchi bilan shunday urdilarki, Uning butun tanasi qonga burkanib ketdi.
Pilat Isoning miq etmay shuncha azob va haqoratlarga chidaganini ko‘rib, xalqning Unga rahmi kelar deb umid qilgan edi. U Isoni xalqning oldiga olib chiqdi, lekin Unga hech kimning rahmi kelmadi. Olomon:
– Uni xochga mixlab qo‘y! Uni xochga mixlab qo‘y – deb yanada battarroq baqirardi.
Pilatning hech bir iloji qolmadi. U qo‘l yuvadigan jom olib chiqishlarini buyurdi. So‘ngra xalqqa balan ovoz bilan:
– Bu Odamning qoni to‘kilishida mening aybim yo‘q. Menku Uni xochga mixlash uchun buyruq beraveraman. Lekin Uning qoni sizning gardaningizda bo‘ladi! – dedi–da, olomonning ko‘zi oldida suv olib, qo‘llarini chaydi.
So‘ng u Barabbasni qo‘yib yuborishga farmon berib, Isoni esa xochga mixlash uchun rim askarlarining qo‘liga topshirdi.
Suhbat uchun savollar
3 savolPilat Isoni xalqning qo‘lidan qanday qutqarib qolishga umid qilgandi?
Xalq nima uchun Barabbasni tanladi?
Iso qanday azobli jazoga chidashiga to‘g‘ri keldi?