
Isoning ma’badni birinchi daf’a tozalashi
Yuhanno bayon etgan Xushxabar, 2-bob, 13-17-oyatlar
Ka’na qishlog‘idan Iso sho- girdlari, onasi Maryam va ukalari bilan birga Kafar- nahumga bordi. Bu – Jalila ko‘li bo‘yida joylashgan kichik shaharcha edi. Iso u yerda bir necha kun turdi, so‘ngra Fisih bayrami yaqinlashib qolgani uchun, Quddus shahriga bordi.
Ma’bad hovlisida odam gavjum edi. Bu yerda bayramni nishonlashga, Ma’badda qur- bonlik keltirib, ibodat qilishga kelganlardan tashqari, savdogarlar ham talaygina edi. Rabbimiz Iso bayramga kelganlar hisobiga boylik orttirayotgan savdogarlarni va sarroflarni ko‘rib g‘azablandi. Egamizning Ma’badi hovlisi bozorga aylanib ketgan edi. Xudoning Uyiga nisbatan hech qanday izzat-e’tibor yo‘q edi.
Iso arqondan qamchi yasadi–da, Ma’baddan hammani mol–qo‘ylari bilan birga quvib chiqardi. Kaptar sotuvchilarga:
– Otamning uyini bozor qilmanglar! – dedi.
Savdogarlar tortishib o‘tirmay Ma’bad hovlisini tark etishdi. Sarroflar ham Rabbimizning obro‘-e’tiboriga tan berdilar. U sarroflarning xontaxtalarini ag‘darib, pullarini sochib yubordi. Odamlar Isoning qilayotgan ishlariga hayron qolishayotgan bo‘lsa-da, Unga qarshilik ko‘rsatishga jur’at eta olmadilar.
«Yahudiylarning Fisih bayrami yaqinlashib qolgani uchun Iso Quddus shahriga bordi. Ma’bad hovlisiga kirganda, u yerda mol–qo‘y, kaptar sotayotganlarni va xontaxtalar yonida o‘tirgan sarroflarni ko‘rdi. Iso arqondan qamchi yasadi– da, Ma’baddan hammani mol–qo‘ylari bilan birga quvib chiqardi. Sarroflarning xontaxtalarini ag‘darib, pullarini sochib yubordi. U ... Otamning uyini bozor qilmanglar! —dedi».
Suhbat uchun savollar
2 savolIso Ma’bad hovlisida qanday manzaraga guvoh bo‘ldi?
Iso qanday yo‘l tutdi? Iso savdogarlarga nimalarni gapirdi?