Isoning dastlabki shogirdlari

Isoning dastlabki shogirdlari

Yuhanno bayon etgan Xushxabar, 1-bob, 35-51-oyatlar

Yahyo cho‘mdiruvchi xalq- qa Rabbimiz haqida guvohlik bergandan keyin, bir kuni Iso yana Iordan daryosi yaqiniga keldi. Yahyo o‘zining ikki shogirdi Endrus va Yuhanno bilan gaplashib turgan edi. U o‘tib ketayotgan Isoga qarab:

– Ana, Xudoning Qo‘zisi!

– dedi.

Endrus va Yuhannoga endi o‘zining emas, balki Masihning ortidan ergashishlari kerakligini tushuntirish uchun shunday degandi. Chunki Masih ular uchun yaxshi Ustoz bo‘lardi. Endrus va Yuhanno Rabbimizning ortidan ergashdilar. Iso o‘girilib, ularning ergashib kelayotganini ko‘rdi–da:

– Sizlarga nima kerak? – deb so‘radi. Ustoz, Siz qayerda turasiz? – deyishdi ular. Yuringlar, ko‘rasizlar, – dedi Iso.

Endrus va Yuhanno Isoning ortidan bir uyga kirishdi va o‘sha yerda tunni o‘tkazishdi. Iso bilan suhbatlari qanday maroqli o‘tdi-ya! Hech kim, hech qachon ular bilan Isodek teran, shu bilan birga samimiy va oddiy tarzda gaplashmagan edi.

Endrusning Shimo‘n ismli akasi bor edi. Ular otasi bilan birga Jalila ko‘li bo‘yidagi Baytsayda shahrida yashardi. Ularning hammasi baliqchilik bilan shug‘ullanardi. Endrus darrov akasi Shimo‘nni topdi– da, unga:

– Biz Masihni topdik, – dedi.

So‘ng unga borib Iso bilan tanishishni taklif etdi. Akasi jon deb, rozi bo‘ldi. Shimo‘nni ko‘rib, Iso unga:

– Sen Yuhanno o‘g‘li Shimo‘nsan. Bundan buyon isming Butrus (ya’ni “Tosh”) bo‘ladi, – dedi.

Shimo‘n, Rabbimiz uni birinchi bor ko‘rishdayoq ismini bilganidan Ertasi kuni Yahyo shogirdlarining ikkitasi bilan yana kechagi joyda edi. U o‘tib ketayotgan Isoga qarab:

— Ana, Xudoning Qo‘zisi! — dedi. Ikkala shogird Yahyoning bu so‘zlarini eshitib, Isoning orqasidan ergashib borishdi. ... Unga ergashganlardan biri Endrus edi. Endrus Shimo‘nning ukasi edi. U darrov akasi Shimo‘nni topdi–da, unga:

— Biz Masihni topdik, — dedi. (Masih “Xudoning tanlagani” demakdir.)

hayratlandi.

Iso Shimo‘nga yangi ism berar ekan, oradan qisqa vaqt o‘tib, mana shu oddiy baliqchi ruhan yetuk, toshdek mustahkam e’tiqodli bahodirga aylanishini bilar edi.

Suhbat uchun savollar

2 savol
  1. Isoning dastlabki shogirdlari kimlar bo‘lgan?

  2. Iso kimga Butrus deb ism qo‘ydi va bu ism nimani anglatadi?

57. Isoning dastlabki shogirdlari00:00 / 02:41