
Iso bilan to‘ma
Yuhanno bayon etgan Xushxabar, 20-bob, 24-29-oyatlar
Iso shogidlariga zohir bo‘lib, yaralarini ko‘rsatgan kuni, Uning yaqin shogirdlaridan biri To‘ma o‘sha yerda yo‘q edi. Ertasi kuni do‘stlari unga bo‘lgan voqeani to‘lqinlanib aytib berishganda, To‘ma boshini chayqashdan nariga o‘tmadi.
– Men Uning qo‘llaridagi mix chandiqlarini ko‘rmagunimcha, Uning mix chandiqlariga o‘z barmog‘imni tekkizmagunimcha, qo‘limni Uning biqiniga qo‘yib ko‘rmagunimcha ishonmayman, - dedi u.
Bechora To‘ma! Biz uni “Ishonchi sust To‘ma” deb ataymiz, chunki u Isoni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, mix chandiqlariga qo‘llarini qo‘ymaguncha ishonmasligini aytgan edi-da. Uning ishonishi uchun rad etib bo‘lmaydigan dalillar kerak edi.
Oradan bir hafta o‘tdi. Shogirdlar yana birga to‘planishdi. Xuddi avvalgiga o‘xshab, Iso yana birdan oralarida paydo bo‘lib:
– Sizlarga tinchlik bo‘lsin! – dedi! Keyin To‘maga qarab, qo‘lini uzatdi-da:
– Mana Mening chandiqlarim. Qo‘lingni uzatib, biqinimga tegib ko‘r. Ikkilanishni bas qil, Xudoga ishon! – dedi.
To‘ma o‘zining ikkilanganidan va avval aytgan so‘zlaridan uyalib ketdi. Yuragi qayta tirilgan Najotkori – Isoga bo‘lgan sevgi bilan to‘lib, Uning poyiga tiz cho‘kdi va qaltiroq ovoz bilan:
– Yo Rabbim, Xudoyim! – deb xitob qildi!
Suhbat uchun savollar
3 savolTo‘maning ikkilanishi qanday namoyon bo‘ldi?
Nima uchun uni “Ishonchi sust To‘ma” deb atashadi?
Iso To‘maga tanbeh berdimi?