
Isoga sunbul moyi quygan ayol
Mark bayon etgan Xushxabar, 14-bob, 3-9-oyatlar
Fisih bayramiga olti kun qolganda Iso shogirdlari bilan Baytaniyaga keldi. U har galgidek Marta, Maryam va Lazarning uyida to‘xtadi.
Ertasi kun kechki payt ularning hammasi Shimo‘nnikida meh-Mark bayon etgan Xushxabar, 14-bob, 3-9-oyatlar mon bo‘ldilar. Shimo‘n avval moxov kasaliga chalingan bo‘lib, Iso unga shifo bergan edi.
Kechki ovqat mahali Marta mehmonlarga xizmat qilardi. Maryam bo‘lsa ganchdan yasalgan idishda toza, qimmatbaho sunbul moyi olib Isoning oldiga keldi. U nozik qilib ishlangan idishning tiqinini ehtiyotkorlik bilan chiqarib, moyni Isoning boshi va oyoqlariga surtdi. So‘ngra sochlarini yoyib, Isoning oyoqlarini artib quritdi. Uy atir moyining xushbo‘y isiga to‘lib ketdi.
Bu yerda o‘tirganlarning ba’zilari Maryamni bu ishi uchun koyidilar. Ular qimmatbaho atir moyini shunday uvol bo‘lganiga achinishardi. Isoning shogirdlaridan biri, Unga xiyonat qiladigan Yahudo Ishqariyot dedi:
– Bu moyni uch yuz kumush tangaga sotib, kambag‘allarga bo‘lib bersa bo‘lmasmidi?!
U kambag‘allarga qayg‘urgani uchun emas, balki o‘g‘ri bo‘lgani uchun shunday dedi. Odamlarning Isoga xayr qilib bergan pullari solingan quti Yahudoda turar, u esa qutidagi puldan o‘g‘irlab olardi.
Rabbimiz shogirdlarning e’tiroz bilidirshdan to‘xtatib, qat’iy ohang- da dedi:
– U Men uchun savob ish qildi. Kambag‘allar har doim sizlar bilan birga bo‘ladilar. Lekin Men sizlar bilan doimo birga bo‘lmayman. U Mening tanamga xushbo‘y moy surtib, oldindan dafnga tayyorladi. Xushxabar dunyoning qaysi yerida e’lon qilinmasin, bu ayol ham esga olinib, uning qilgan ishi haqida aytiladi.
Suhbat uchun savollar
3 savolIso Baytaniyada kimning uyida to‘xtadi? Iso u yerga qachon keldi?
Maryam Isoga nima qildi?
Shogirdlardan qaysi biri Maryamni bu ishi uchun koyidi?