
Iso bolalarni duo qilishi
Muqaddas Kitob, Luqo bayon etgan Xushxabar, 18-bob, 15-17-oyatlar
Odamlar har doim Isoning atrofini o‘rab olishar edi. Shunday kunlarning birida Iso ularga Xudo Shohligi to‘g‘risida so‘zlab berar hamda farziylar va tafsirchilarning ilmoqli savollariga javob berardi. Shu bilan birga, U son-sanoqsiz odamlarga shifo ham berardi. Uning atrofi yana odamlar bilan tirband edi. Shu orada Isoning oldiga boshqa bir guruh erkagu- ayol bolalarini yetaklab kelishdi.
– To‘xtang? Qayerga tiqilyapsiz, – so‘radi kimdir olomon ichidan?
– Isoning oldiga, – javob berdi bir ayol, – bolalarimizni duo qilib bersin.
– Bolalarni duo qilsinmi? – o‘qraydi shu yerda turganlardan biri.
– Isoning bolalardan boshqa muhim ishi yo‘qday-a? Ko‘rmayapsizmi, u yerda Isoning shifo berishini kutib turgan kasallar bor? Eshitmayapsizmi, Iso Xudoning Shohligi haqida jiddiy va muhim gaplarni aytayapti?
Siz bo‘lsangiz bu yerga bolalaringizni olib ke-libsiz, hatto buning farqiga bormaydigan chaqalog‘ingizni ham.
– Bolalar hamma narsani tushunishlari shart emas.
Xudo ularni sevishini anglab yetsalar kifoya.
Shuning uchun
Isodan iltimos qilmoqchi edim, U...
– Qimmatli vaqtini bolalarga sarflab, behudaga ketkizmaydiku.
– Iltimos, bizni o‘tkazib yuboring!
Tortishuv tobora kuchayib borardi. Iso tortishayotganlarga diqqatini qaratib, dedi:
– Bolalarga yo‘l beringlar! Xudoning Shohligi ularnikidir – dedi. Shogirdlar hayron bo‘lib Isoga qaradilar. Xursand bo‘lgan ota-
onalar esa bolalari bilan odamlar orasidan o‘tib Isoning oldiga borishdi. Shogirdlar ishonchsizlik bilan endi nima bulishini ko‘rish uchun yaqinroq keldilar.
Iso ularga yuzlanib, dedi:
– Menga ishonavering, kim Xudoning Shohligini xuddi bola kabi qabul qilmasa, unga kirolmaydi! Xudoning sevgisini bolalardek sodda yurak bilan qabul qilmagan odam, Shohlikdan meros olomaydi.
So‘ng Iso jajji bolalarni navbatma-navbat qo‘liga olib duo qila boshladi, yoshi kattaroqlarining esa boshiga qo‘lini qo‘yib duo qildi.
Suhbat uchun savollar
2 savolShogirdlar nima uchun bolalarni Isoning oldiga qo‘yishni xohlamadi?
Rabbimiz “Osmon Shohligi bolalalarnikidir” deganida nimani nazarda tutgan edi?