Iso sholni sog‘aytiradi

Iso sholni sog‘aytiradi

Luqo bayon etgan Xushxabar, 5-bob, 17-25-oyatlar

Yangilikni eshitdingmi?

– so‘radi bir odam o‘rtog‘i- dan,

– Iso qishlog‘imizga kelibdi! O‘sha, xastalarni sog‘ay-tiradigan Odam shu yerda. – Do‘stimiz haqida o‘ylamayapsanmi? Axir u yura olmaydiku. Isoning oldiga qanday boradi?

– U holda biz uni Isoning oldiga olib boramiz, – dedi boyagi kishi. So‘ngra ular yana ikkita tanishini chaqirib, shol bo‘lib qolgan do‘stinikiga kelishdi. To‘rtovlon sholni to‘shagi bilan birga ko‘tarib, Iso to‘xtagan uyga olib bordilar. Biroq tez orada ularning hafsalasi pir bo‘ldi! Isoni ko‘rishga, so‘zlarini tinglashga to‘plangan olomon hatto uyga sig‘may, eshikdan tashqarida ham turar edi. To‘shakdagi shol do‘stlari bilan to‘rtalasi Isoga yaqinlasha olmasdi.

Shu payt ulardan birining chehrasi yorishib ketdi.

– Menda bir fikr bor! – dedi u, – biz uyga tomdan tushamiz!

– Tomdan? Bu nima deganing?

– Uyning tomi loy bilan suvalgan. Tomdan teshik ochamiz va sholni arqonlar bilan tushiramiz.

Aytgan gap otilgan o‘q deganlariday, ulardan biri arqon va asbob- uskuna izlab ketdi. Qolganlari narvon yordamida sholni tepasi yassi tomga olib chiqishdi. Ish ko‘z ochib-yumgancha bitdi: to‘rtovlon tomdan shol do‘stlari to‘shagi bilan sig‘adigan darajada tuynuk ochishgan edi. Tuynuk Iso turgan joyning naq tepasidan ochilgan edi. Pastdan qaraganda, tuynukni o‘rab olgan to‘rtala yigitning havotirli yuzlari ko‘rinib turardi. Iso jilmayib avval tepaga, so‘ng esa shol odamga qaradi va hech kim kutmagan ushbu so‘zlarni aytdi:

– Gunohlaring kechirildi.

Shu payt Isoning atrofida turgan tafsirchilar bilan farziylarning

g‘azabi qaynadi. Axir Xudodan boshqa hech kim gunohlarni kechira olmaydi–ku! Bu Odam O‘zini Xudo bilan tenglashtiryaptimi? Iso bo‘lsa ularning mulohazalarini bilib, shunday savol berdi:

– Sizningcha, qaysi biri osonroq? Sholga: “Gunohlaring kechirildi!” deb aytishmi, yoki: “O‘rningdan turib yur!” deb aytishmi?

Tafsirchilar Xudodan boshqa hech kimning gunohlarni kechirish qudrati yo‘qligini bilishardi. Biroq Iso shol odamning gunohlari kechirilganini e’lon qilishi bilan, O‘zining shunchaki odob-axloqqa o‘rgatgan muallim emasligini anglatgan etdi.

To‘plangan odamlar o‘zlaricha o‘ylay boshladi: “Sholning gunohlari kechirilganini qanday bilish mumkin? Agar Iso sog‘aytirganda edi, O‘zining g‘ayrioddiy qobiliyat sohibi ekanini isbotlagan bo‘lar edi.” Ularning nima haqida o‘ylab turganini bilgan Iso dedi:

– Gunohlarning kechirilishi haqida eshitganingizda, shuni ang- lashingiz kerakki, Xudo menga nafaqat xastalarni sog‘aytirish, balki gunohlarni kechirish qudratini ham bergan.

So‘ng sholga o‘girilib, yana bir bor dedi:

– Senga aytaman: o‘rningdan tur! To‘shagingni olib, uyingga bor! – dedi.

Shol o‘sha zahoti o‘rnidan turib ketdi. So‘ng esa o‘zining to‘shagini arqonlar bilan birga yig‘ishtirib olib, hayratdan qotib qolgan olomon orasidan surilib chiqib ketdi. U Isoga minnatdorchilik bildirib, Xudoga hamdu-sanolar aytdi. Bu voqeani kuzatib turgan, tepadagi tuynukdan tomosha qilib turgan do‘stlarining shodon chehralari birdan g‘oyib bo‘ldi...

«Inson O‘g‘liga yer yuzida gunohlarni kechirish hokimiyati berilgan.

Hozir shuni bilib olasizlar. Iso shunday dedi–yu, sholga:

— Senga aytaman: o‘rningdan tur!

To‘shagingni olib, uyingga bor! — deb

buyurdi. Shol o‘sha zahoti hammaning ko‘zi oldida o‘rnidan turdi. Yotgan to‘shagini olib,

Xudoni ulug‘lab, uyiga ketdi».

Suhbat uchun savollar

3 savol
  1. Shol odamning do‘stlari qaysi xatti- harakatlari bilan o‘zlarining Isoga ishongani ko‘rsatadi?

  2. Isoning sholga aytgan qaysi so‘zlari to‘plangan olomonni hayratga soldi?

  3. Shifo topgan odam shosha-pisha uyiga ketishidan oldin, Isoga minnatdorchilik bildirdimi?

64. Iso sholni sog‘aytiradi00:00 / 04:48