Jabroil farishta Maryamga zohir bo‘ladi

Jabroil farishta Maryamga zohir bo‘ladi

Luqo bayon etgan Xushxabar, 1-bob, 5-38-oyatlar

Jalilaning Nosira degan kichik shahrida Maryam ismli bir qiz yashardi. U Yusuf ismli duradgor yigitga unashtirilgan edi. Garchi Maryam bilan Yusuf oddiy odamlar bo‘lsa-da, shoh Dovudning avlodidan edilar. Yaqin kunlarda ular birga turmush qurishlari kerak edi.

Bir kuni Maryam uy yumushlarini qilayotgan paytda, unga Jabroil farishta zohir bo‘ldi. Uni Egamiz yuborgan edi:

- Salom, ey Xudo yorlaqa-gan! Egamiz sen bilandir, – dedi farishta.

Maryam sarosimaga tushib, “Men bilan hali hech kim bunaqa salomlashgan emas”, deya hayolidan o‘tkazdi.

- Maryam, qo‘rqma, sen Xudodan inoyat topding, – dedi farishta. – Sen o‘g‘il tug‘asan va uning ismini Iso qo‘yasan. Iso – Qutqaruvchi demakdir. U buyuk bo‘ladi va uni Xudoyi Taoloning O‘g‘li deb atashadi. Egamiz Xudo Unga bobosi Dovudning taxtini beradi. U to abad hukmronlik qiladi, hukmronligining oxiri bo‘lmaydi.

Maryam farishtaning so‘zlarini arang tushundi.

- Men hali er ko‘rmagan bo‘lsam...– dedi u ikkilanib.

- Har bir tug‘ilgan inson bolasining otasi bo‘ladi, – dedi farishta, – biroq sendan tug‘ilajak O‘g‘il ilohiy bola bo‘ladi. Uning Otasi – Xudoi Taolodir. U Xudoi Taoloning O‘g‘li bo‘ladi deganimning boisi shu.

Maryam farishtaning so‘zlariga ishondi. Egamizning bir necha asr avval bergan va’dasi tez orada bajo bo‘lishi lozim edi! Maryam esa va’da qilingan Najotkorni dunyoga keltiradi!

Biroq Maryam bir qanday sodir bo‘lishini hech ham tushuna olmasdi, chunki hali er ko‘rmagan edi-da. Shuning uchun u farishtadan so‘radi:

- Bu qanday bo‘ladi? Jabroil unga dedi:

- Bu Muqaddas Ruhning kuchi bilan sodir bo‘ladi. Egamizning qudrati chaqaloqqa hayot ato etadi. Shu sabab sendan tug‘ilajak bola muqaddas bo‘ladi, hamda Uni Xudoning O‘g‘li deb atashadi!

Maryam, Xudoning so‘zlariga itoat etishni istab dedi:

– Mana men Egamning bandasiman. Hammasi siz aytganingizday bo‘lsin.

Shundan keyin farishta undan uzoqlashib, samoga qaytib ketdi.

Suhbat uchun savollar

3 savol
  1. Farishta Jabroil kimga zohir bo‘ldi? Maryam qayerda yashar edi? U kimga unashtirilgan edi? Ular kimning avlodi edilar?

  2. Farishta Maryamga nimani bashorat qildi?

  3. Maryam farishtaning xabarini qanday qabul qildi?

50. Jabroil farishta Maryamga zohir bo‘ladi00:00 / 03:22