
Bobil minorasi
Ibtido kitobi, 11-bob
To‘fondan so‘ng Nuhning o‘g‘il- lari Som, Xom va Yofaslar ko‘plab o‘g‘il-qizlar va nabiralar ko‘rishdi. Shuni ta’kidlash joizki, odamlar endi to‘fondan oldingiday uzoq umr ko‘rishmasdi. Masalan, Nuh 950 yil yashagan bo‘lsa, uning o‘g‘li Som bo‘lsa atigi 600 yil, Somning o‘g‘li bo‘lsa 430 yil umr ko‘rdi.
Nuhning avlodi yer yuziga tarqalib ketishidan oldin bir voqea sodir bo‘ldi. Odamlar sharqdan ko‘chib, Shinar yurtidagi bir tekislikka keldilar. Hamma odamlar bitta tilda so‘zlashar edilar. Bir kuni ular bir reja tuzib, bir-birlariga shunday dedilar:
- Keling, g‘isht quyib, xumdonda yaxshilab pishiramiz. Keyin o‘zimizga shahar va boshi osmonga yetadigan minora quramiz. Butun yer yuziga tarqalib ketmaslik uchun o‘zimiz uchun nom chiqaramiz.
Xudo ularning dilidagini bilib, shunday dedi:
- Qani endi pastga tushib, ularning tilini aralashtirib yuboraylik, shunda ular bu yovuz niyatlarini amalga oshira olmaydilar.
Bir lahzadayoq odamlar bir-birini tushunmaydigan bo‘lib qoldilar, chunki hammalari har xil tillarda so‘zlashayotgan edilar-da. Shu tufayli oralarida kelishmovchilik paydo bo‘lib, minorani qurish ishlarini to‘xtatishga to‘g‘ri keldi.
Xudo odamlarni u joydan butun yer yuziga tarqatib yubordi. Shahar esa Bobil, ya’ni “Aralashuv” deb atalib qoldi.
Shunday qilib, Bobil minorasi voqeasi qanday qilib to‘fondan keyin turli tillar paydo bo‘lganiga izoh beradi.
Suhbat uchun savollar
3 savolYer yuziga tarqalib ketishlaridan oldin odamlar nima qilmoqchi bo‘lgandilar?
Nima uchun ular tuzgan rejalarini amalga oshira olmadilar?
Bobil shahrining nomi qanday ma’- noga ega?