
Shava malikasi
3 Shohlar kitobi, 10-bob
Sulaymonning shuhrati, uning barpo etgan hashamatli inshoot- larining dovrug‘i dunyoning eng chekka joylarigacha yetib bordi. Odamlar hashamatli Ma’badni ko‘rish, Sulaymonning dono hik- matlarini eshitish uchun Quddus- ga kelishardi. Bunday ziyoratchilar orasida Shava malikasi ham bor edi.
Ayolning o‘zi nihoyatda badavlat bo‘lib, uning shoh Sulaymonga hadya etgan sovg‘alari bundan dalolat berar edi. Malikaning tuyalariga ko‘p miqdorda oltin va qimmatbaho toshlar, xushbo‘y ziravorlar ortilgan edi. Uning son-sanoqsiz xizmatkorlari yo‘l bo‘yi bu boyliklarni qo‘riqlab kelardi.
Sulaymon asilzoda mehmonini shohona tarzda kutib oldi. Malika Sulaymonga turli savollar berib, ko‘nglida nima bo‘lsa hammasi haqida u bilan suhbatlar qurdi. Sulaymon malikaning hamma savollariga javob berdi, malikaning bironta savoliga javob berishda qiynalmadi.
Shava malikasi Sulaymonning donoligiga ishonch hosil qilib, u qurdirgan saroyni, dasturxonidagi noz–ne’matlarni, shohning qullari uchun qurilgan yotoqxonalar, xizmatkorlarning liboslarini, Egamizning uyida shoh Sulaymon nazr qilgan qurbonliklarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rdi. Malika hayratini yashira olmay shohga shunday xitob qildi:
- Sizning ishlaringiz, donoligingiz haqida yurtimda eshitgan- larim to‘g‘ri ekan. – Biroq menga hatto bularning yarmini ham aytishmagan ekan. Sizning donoligingiz va amalga oshirgan ishlaringiz men eshitgandan-da ziyoda ekan. Sizni shoh etib tayinlagan, sizdan muruvvatini darig‘ tutmagan Egangizga hamdu sanolar bo‘lsin! U buni Isroilga bo‘lgan mangu sevgisi bois qildi!
Suhbat uchun savollar
3 savolShava malikasi nima uchun uzoq safarga otlandi?
Uni Isroilda nimalar hayratga soldi?
Shava malikasi Sulaymonga nima dedi?