
Quyosh va oy to‘xtab qoldi
Yoshua kitobi, 10-bob
Kan’on shohlari Yerixoda sodir bo‘lgan voqea haqida eshitganlaridan so‘ng, ham- malari birgalashib Yoshua va Isroil xalqiga qarshi urush ochdi. Givon shahrining aholisi esa aksincha is- roilliklar bilan ittifoq tuzdi. Bu haqda xabar topgan Shahar ahli Yoshuadan yordam so‘raganlarida, u ittifoqchi xalqning dushmanlariga qarshi katta qo‘shin tortib chiqdi. Ko‘p o‘tmay Kan’on shohlarining birlashgan qo‘shini Isroil qo‘shinidan qocha boshladi.
Egamizning O‘zi ham xalqi uchun kurashdi: dushman qo‘shini ustidan osmondan katta-katta tosh yog‘ila boshladi. Qorong‘i tusha boshlaganda, hali dushman tor-mon qilinib bo‘linmagan edi. Shunda Yoshua butun Isroil xalqi oldida shunday dedi:
“Ey, quyosh, tek turgin Givon shahrida, Oymomo, sen esa Oyjavlon vodiysida”.
Egamiz Yoshuaning ibodatini eshitdi. Isroilliklar dushmanlarini uzil- kesil tor-mor qilmagunlaricha quyosh botmasdan turaverdi. Bunday hodisa hech qachon sodir bo‘lmagan edi. Bu harbiy yurishda isroilliklar boshqa shaharlarni ham bosib olishdi, chunki Egamiz ularni qo‘llab- quvvatlab turgan edi.
Suhbat uchun savollar
3 savolQaysi shahar aholisi Isroil xalqibilan sulh guzdi?
Givonliklarni kim qutqardi?
Kun botayotgan paytda Yoshua nima qildi?