
Ota-onalarga tilak
Qadrli ota-onalar!
Qo‘lingizdagi kitob bolalar uchun Muqaddas Kitobdir! Ushbu kitobdagi hikoyalar Muqaddas Yozuvlardan olingan bo‘lib, bolalarga Xudoning Kalomi bilan hamda masihiylik tarixi bilan tanishish uchun ajoyib imkoniyat beradi.
O‘zingizga ma’lumki, bolalar nafaqat atrof-muhitni, balki Xudoning kalomida bitilgan ruhiy haqiqatlarni ham oson qabul qilishadi. Ayni damda farzandlaringiz siz bilan birga ekanlar, vaqtingizni ular bilan Muqaddas Kitob hikoyalarini o‘qish bilan o‘tkazish imkonini qo‘ldan boy bermang, toki kelajakda ularda Muqaddas Kitobning asosiy va to‘liq manbaasi bilan tanishish ishtiyoqi paydo bo‘lsin; bu esa ularning hayotiga shubhasiz ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Qo‘lingizdagi kitob har bir bola bilishi lozim bo‘lgan hikoyalarni o‘z ichiga oladi. Doimiy ravishda Muqaddas Kitob o‘qish va ibodat qilish bolani to‘g‘ri tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Buning uchun vaqt topishingiz darkor! Farzandlaringizni sevgi bilan ulg‘aytiring, ularga masihiy qadriyatlarni yoshliklaridan singdirib boring.
Xudo sizlarga farzandlaringizni to‘g‘ri tarbiyalashingizga yordam beradi. U farzandlaringizga nafaqat hozir, balki kelajakda ham ko‘makdosh bo‘ladi, deb ishonamiz. Farzandlaringiz yoshlik chog‘idanoq Muqaddas Yozuvlarni o‘qish orqali haqiqatni tanib bilishlari uchun doimo duoda bo‘lamiz, chunki bu ularning donolikka erishishlari hamda Iso Masihga imon keltirish orqali najot topishlariga yordam beradi!
Sizlarni sevib qoluvchi hamda sizlar uchun
ibodatda bo‘lguvchi Bible Mission xodimlari.